Dastlabki qoya tasvirlarini arxeologning qizalog‘i kashf qilgan. O‘shanda ular Ispaniyaning Altamira g‘orida edilar. Ota ibtidoiy odamning mehnat qurollarini to‘plash bilan band bo‘lganida, qizaloq g‘orni kezib yurib, to‘satdan:
– Dada, qarang, ho‘kiz! – dedi.
– Qani?
– Shiftga qarang!
Chiroq nuri shiftni yoritgach, qadimgi odam chekkan yovvoyi buqa, to‘ng‘iz va bug‘ularning rasmlari qorong‘ilik qa’ridan bir-bir ko‘rina boshladi. Rasmlar qirmizi va boshqa ranglar bilan ishlangan. Buning siri hali-hanuz ochilgani yo‘q.
Nazorat: Tarix 6-sinf BSB ¹1, 2-variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali