O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan 1990-yilning mart oyida ilgari surildi. 1990-yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yaratish ustida 2,5 yil ishladi. Loyihaning dastlabki varianti 1991-yilning oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘lim va 158 moddadan iborat edi. 1992-yil bahorida esa loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yilning kuz oylarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 2-marta matbuotda e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar va «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi.
Nazorat: Ozbekiston tarixi 11-sinf BSB ¹1, 2-variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali