Undan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga oid ma’lumotlarni guruhlarga ajrating (har bir to‘g‘ri ma’lumot uchun 1 balldan qo‘yiladi). U o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003-yil) Qonuni asosida olib boradi. 1995-2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. 2005-yildan boshlab Oliy Majlis ilk bor ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu organning Raisi bo‘lgan bo‘lsa, hozirda Bosh vazir hisoblanadi. Vitse-prezident lavozimi zimmasiga ushbu organga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklangan.