3-topshiriq. Matnda 5 ta gap berilgan.

Undan foydalangan holda 1898-yilgi va 1916-yilgi qo‘zg‘olonlarga oid ma’lumotlarni guruhlarga ajrating (har bir to‘g‘ri ma’lumot uchun 1 balldan qo‘yiladi). Bu qo‘zg‘olon mahalliy aholi o‘rtasida mardikorlikka olishga qarshi olib borilgan ommaviy chiqishlar edi. Qo‘zg‘olonga Dukchi eshon (Muhammad Ali), Ziyovuddin maxsum kabi shaxslar rahbarlik qildi. Jizzaxdagi norozilik boshqa shaharlarga, jumladan, Toshkent, Samarqand va ko‘plab atrofdagi qishloqlarga yoyildi. Samarqandning Urgut qishlog‘ida, keyinchalik, Siyob, Mahalla, Xo‘ja Ahror, Angorda, va Dahbedda norozilik chiqishlari bo‘lib o‘tdi. General-gubernator N. Korolkov qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi.

1898-yilgi qo‘zg‘olon
Qo‘zg‘olonga Dukchi eshon (Muhammad Ali), Ziyovuddin maxsum kabi shaxslar rahbarlik qildi.
General-gubernator N. Korolkov qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi.


1916-yilgi qo‘zg‘olon
Bu qo‘zg‘olon mahalliy aholi o‘rtasida mardikorlikka olishga qarshi olib borilgan ommaviy chiqishlar edi.
Jizzaxdagi norozilik boshqa shaharlarga, jumladan, Toshkent, Samarqand va ko‘plab atrofdagi qishloqlarga yoyildi.
Samarqandning Urgut qishlog‘ida, keyinchalik, Siyob, Mahalla, Xo‘ja Ahror, Angorda, va Dahbedda norozilik chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Ozbekiston tarixi 10-sinf BSB ¹1, 2-variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar