1-topshiriq. Shayboniylar davrida xalq turmush tarzi to‘g‘risida ma’lumot bering.

Shayboniylar davrida aholi turli ijtimoiy guruhlardan tashkil topgan bo‘lib, hukmdor sulola – xon, shahzodalar, amirlar, turli toifali amaldorlar, harbiylar, katta-kichik mulk egalari, dindorlar, mudarrislar, dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar, qishloq va shahar kambag‘allari, qullardan iborat bo‘lgan.
Aholining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilik qilishga qulay bo‘lgan
vohalar va ularda joylashgan shahar, qishloqlarda yashagan. Shuningdek, yarim ko‘chmanchi hayot tarzini kechirgan abdal, qarluq, qang‘li, barlos, jaloyir va boshqa urug‘lar, asosan, lalmi yerlarda yashab, dehqonchilikdan tashqari chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan.
Shayboniy hukmdorlar iqtisodiyotning asosiy sohasi – dehqonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berishgan. Uzluksiz urushlar va o‘zaro nizolar dehqonlarni xonavayron qilishi ayrim xonlarni chorvachilikni jonlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni ko‘rishga undagan. Misol uchun, Shayboniyxon davlat xazinasiga tushadigan soliqlar hajmining pasayib ketmasligini ta'minlash maqsadida o‘z yeridan qochib ketgan dehqonlar va kichik yer egalarini o‘z joylariga qaytarish va ulardan undiriladigan soliqlarni bir oz pasaytirishga harakat qilgani ma'lum.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Ozbekiston tarixi 9-sinf BSB ¹1, 2-variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar