1-topshiriq. Shayboniylar davri hunarmandchiligi to‘g‘risida ma’lumot bering.

Shayboniylar hukmronligi yillarida ham iqtisodiy munosabatlarda muhim o‘rin egallagan hunarmandchilik keng rivojlangan edi. Samarqandda tuzilgan qozilik hujjatlarida oltmishdan ortiq hunar turi keltirilib o‘tilgani
bunga tasdiqdir.
Hunarmandchilikning eng rivojlangan asosiy sohalaridan biri to‘qimachilik edi. To‘quvchilar yaratgan ko‘pdan-ko‘p mahsulot turlariga nafaqat ushbu shahar, balki qo‘shni qishloqlar, boshqa shaharlar, mamlakatlar orasida talab katta edi.
Mamlakatning turli markazlarida ip-gazlamalar (bo‘z, olacha, zandanachi, chit), ipak-gazlamalar (oltin va kumush bezakli yo‘l-yo‘l parchalar, atlaslar, baxmallar, kimxob, tafta va zarbof), yarim ipak gazlamalar va boshqalar ishlab chiqarilgan. Bu matolarga xorijda ham talab katta edi.
Bo‘yoqchilik, kiyim-bosh (to‘n, ko‘ylak, ro‘mol, poyabzal va boshqalar), kulolchilik (turli-tuman idishlar, tandirlar, g‘isht va qurilishda ishlatiladigan koshinli g‘ishtlar va h.k.), yog‘ochga ishlov berish, kemasozlik, teriga ishlov berish, metallar – temir, mis, birinj, cho‘yan, kumush, oltin kabilardan turli-tuman uyro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, binolar qurilishida ishlatiladigan turli temir moslamalar va buyumlar, zebi-ziynat asboblari, harbiy qurol-aslahalar ishlab chiqarish ham rivojlangan edi.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Ozbekiston tarixi 9-sinf BSB ¹1, 1-variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar