4- Jadvalda berilgan shaharlarning Chingizxon hujumiga qarshi mudofaasi haqida ma’lumot bering.

Óñëîâèå çàäàíèÿ

1220-yilning fevralida Chingizxon Buxoro ustiga qo‘shin tortdi. Mo‘g‘ullar Buxoro xalqidan taslim bo‘lishni so‘rashdi va omonlik va’da qilishdi. Dastlab himoyachilar mo‘g‘ullarga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin esa mo‘g‘ullarning qo‘li ustun kela boshladi. Natijada shahar himoyachilarining bir qismi Xurosonga chekinishga qaror qildi. Buxoroliklar o‘z himoyachilaridan ayrilgandan so‘ng shahar ahlini saqlab qolish niyatida o‘zaro maslahatlashib, Buxoro qozisi Badriddin boshchiligida bir guruh oqsoqollar Chingizxon huzuriga yo‘l oldilar.
Shunga qaramay, aksariyat shaharliklar o‘z qarshiliklarini davom ettirdilar, tunda askarlarga yashirincha yordam berib, mo‘g‘ul qo‘shiniga qarshi hujumlar uyushtirdilar. Tinimsiz tungi hujumlardan bezor bo‘lib, g‘azablangan Chingizxon shaharni butunlay yoqib yuborishni buyurdi.
O‘sha yilning 16-fevralida (1220) mo‘g‘ullar Buxoroni to‘liq egallab, talon-toroj etdi. Shahar ichida jang to‘xtamadi, ark qamali 12 kun davom etdi. Buxoro dushman hujumini qaytarishga tayyor emas edi. Behisob xazinalar talandi, asriy qo‘lyozma asarlar, muqaddas kitoblar yirtilib, gulxanga uloqtirildi. Ilm va ma’rifat egalari bo‘lgan ulamolar va shayxlar mo‘g‘ul jangchilariga xizmatkor qilib berildi. Buxoro yong‘in ichida qoldi. Yong‘indan faqat g‘ishtdan qurilgan katta masjid va ba’zi binolar omon qoldi xolos.
Buxoro yong‘in ichida qolganda Buxoro xalqi Somoniylar maqbarasini qumga ko‘mib tashlagan.
Buxoro zabt etilgach, 1220-yilning mart oyida mo‘g‘ullar Movarounnahrning eng mashhur va yirik shahri bo‘lgan Samarqand tomon yo‘l oldi. Chingizxon shahardan tashqarida joylashgan Ko‘ksaroy qasridan turib qamal ishiga boshchilik qildi. Xorazmshoh bu shaharga alohida diqqat-e’tibor qaratdi. Shahar qo‘shini 110 ming jangchidan iborat bo‘lgan. Bundan tashqari, Samarqandda 20 ta jangovar fil ham bor edi. Sulton Muhammad Xorazmshoh 40 ming g‘ur jangchisini o‘z tog‘asi Tog‘ayxon boshchiligida Samarqand
mudofaasi uchun mas’ul qilib qoldirdi. Shahar oziq-ovqat zaxirasi, mudofaa istehkomlarining puxtaligi jihatidan bir necha yillik qamalga ham chidashi mumkin edi. Shahar ostonasida uch kun shiddatli jang kechdi. Uch kunlik qattiq qarshilikdan so‘ng Chingizxon hiyla ishlatishga majbur bo‘ldi. U shahar qamali uchun qo‘shinning ozgina qismini ajratib, asosiy kuchlarni pistirmaga qo‘ydi. Samarqand amirlari bu hiylaga uchdi, mo‘g‘ullarning ozligini ko‘rib qo‘shinning katta qismini shahardan tashqariga chiqardi.
Mo‘g‘ullar yolg‘ondakam chekinishdi, Samarqand qo‘shini esa ularni ta’qib eta boshladi. Oldindan belgilangan yerda ular qurshab olindi va bir necha soat ichida mo‘g‘ullar Samarqand jangchilarining juda katta qismini qirib tashladi. Samarqand mudofaachilarining jangovar fillar bilan ikkinchi bor shahardan chiqib jang qilishi ham muvaffaqiyatsizlik bilan yakuniga yetdi. Shundan so‘ng mo‘g‘ullar hujumni yanada kuchaytirdi, shaharni manjaniqlardan o‘qqa tutib, kamondan o‘q yomg‘iri yog‘dirdi. Ular Samarqandning bosh suv inshooti – Jo‘yi arziz (Qo‘rg‘oshin novasi)ni buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldirdi. 20 ming chog‘li shahar mudofaachilari dastlab suv toshqini, keyinroq suvsizlik bois taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi. Qang‘li qo‘shinlariga omonlik va’da qilindi. Ular taslim bo‘lib, shahar talangach, 30 minglik qang‘li qo‘shini qolgan himoyachilar bilan birga qirib tashlandi. Mo‘g‘ullar Samarqandni ham Buxoro kabi vayron etdi.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Ozbekiston tarixi 8-sinf BSB ¹1, 2-variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar