Bag‘dod xalifasi tobora kuchayib borayotgan Sulton Jaloliddin Manguberdi qudratini zaiflashtirish, uning ittifoqchilari o‘rtasiga raxna solish siyosatini tutdi. Xalifa Nosir bu yo‘lda qurolli kurashdan ham qaytmadi. Uning Jaloliddin Manguberdiga qarshi yuborgan 20 minglik qo‘shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor keltirildi. Bu g‘alabadan so‘ng Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjon tomon yurish qildi.
1227-yil sentyabrda Isfahon yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengdi. Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdining jangdagi mardligiga qoyil qolib: “Zamonasining haqiqiy bahodiri, o‘z tengqurlarining sarvari ekan”, degan edi.
1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shini Jaloliddin Manguberdi kuchlarini Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchratdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Jaloliddin boshqa yirik janglarda g‘alaba qozona olmagan.
Nazorat: Ozbekiston tarixi 8-sinf BSB ¹1, 1-variant
Telegram
Organish.uz
Sor-soch.com
Test-uz.Ru
U erda biz BSB, CHSB, maktab imtihonlari, DTM variantlari va boshqalarning echimlarini nashr etamiz.
Imtihon Javoblari
BSB Javoblari
5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf
CHSB Javoblari
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali