Mudofaa jihatidan poytaxt (Tuproqqal’a) nihoyatda mustahkam qilib qurilgan bo‘lib, shahar devorining o‘rtasida darvozaxona bo‘lgan. Darvoza qarshisida shahar markazidan kesib o‘tkazilgan ko‘chaning har ikki tomonlari bo‘ylab shaharliklarning turar joylari joylashgan. Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi joylashgan bo‘lib, uning burchak qismida esa balandligi 25 metr bo‘lgan ko‘p minorali xorazmshohlar qasri qad ko‘targan.
IV-V asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik markazlardan (ehtimol, poytaxt shaharlardan) biri Buxoro edi. To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi ushbu shaharning asosi 21 gektar bo‘lib, bu yerda mustahkam himoya inshootlari, hukmdor saroyi, mafkuraviy inshootlar, turar joylar qad rostlagan.
Buxoro IV asrdan boshlab Turonning yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda shaharning yettita darvozasi bo‘lib, mazkur holat uning muhim savdo-tranzit yo‘li ustida joylashganligidan dalolat beradi.
V asrda Panjikentda nisbatan qadimiyroq bo‘lgan qishloq o‘rniga umumiy maydoni 18 gektar bo‘lgan yangi shahar barpo etiladi. Bu shahar keyinchalik mustahkam mudofaa istehkomlariga, ibodatxona, saroy va turli ijtimoiy qatlam vakillariga tegishli bo‘lgan turar joylarga ega edi.
Nazorat: Ozbekiston tarixi 7-sinf BSB ¹1, 2-variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali