IV asrda turkiy qabilalardan xioniylar dastlab Zarafshon vohasini egallashgan, janub tomonga yurib, Kushon podsholigi hududida hukmronlik qilishgan. Ular markazi Toxariston bo‘lgan Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xurosonning bir qismini ham o‘z ichiga olgan katta davlat tuzishgan. Tarixda xioniylar nomi bilan mashhur bo‘lgan qabilalarning asli vatanini ayrim tadqiqotchilar Orol dengizi bo‘yida deb hisoblaydilar. G‘arb tarixchilari esa, xioniylarni xunnlarga qarindosh hisoblab, ularni «oq xunnlar» deb ataydilar. Ular bu hududda 120 yildan ortiq hukmronlik qilishgan.
Nazorat: Ozbekiston tarixi 7-sinf BSB ¹1, 1-variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali