Moldaviya 1991-yil 27-avgustda o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Birinchi prezidenti etib Mircha Snegur saylandi.
1990-yili Moldovaning Ruminiya bilan integratsiyalashuvi jarayonida respublikaning janubi-sharqiy mintaqalaridagi mahalliy rusiyzabon aholi orasida ayirmachilik kayfiyatlari kuchaydi. Ular o‘zlari yashaydigan hududni Dnestrbo‘yi Moldaviya Respublikasi deb e’lon qildi. Bu qonli tobqnashuvga olib keldi va Rossiya armiyasi aralashgandan so‘ng urush to‘xtatildi. Moldova iqtisodiy jihatdan agrar-industrial mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning iqlimi qishloq xo‘jaligi uchun juda qulay. Mamlakatda mineral resurslar zaxirasi yoq‘, shu sababli iqtisodiyot qishloq xo‘jaligiga asoslangan. Aholining yarmidan ko‘pi qishloqlarda yashaydi. Eksportning asosiy qismini oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlari tashkil qiladi. Moldova – Yevropaning eng kambag‘al mamlakatlaridan biri. Ammo 2009-yilgi inqirozdan so‘ng Moldova jadal rivojlanishni boshlab yubordi.
2017-yil may oyida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida Rossiya bilan yaxshi munosabatlar tarafdori bo‘lgan Igor Dodon g‘olib chiqdi
Nazorat: Jahon tarixi 11-sinf BSB ¹1, 2-variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali