Boshqirdiston, Yoqutiston hamda Checheniston bilan nizolari haqida ma’lumot bering.
Boshqirdiston, Yoqutiston hamda Checheniston bilan nizolari haqida ma’lumot bering.
1991-yil oxiri – 1992-yil boshlarida Tatariston, Boshqirdiston va Yoqutistondagi milliy harakatlar o‘zlarining syezdlarini o‘tkazib, ularda RSFSR tarkibidan chiqish masalasi qo‘yildi. Chechen-Ingush Avtonom respublikasida Chechen xalqining umummilliy kongressi avtonomiyani Checheniston va Ingushetiyaga bo‘lishni, Chechenistonning RSFSR tarkibidan chiqishini bildirdi. 1992-yili Tatariston ham o‘z davlat mustaqilligini e’lon qildi. Bularning hammasi markaziy hokimiyatni Federativ Shartnoma imzolanishini tezlashtirishga majbur qildi. Federativ Shartnoma 1992-yil mart oyida Tatariston va Chechenistondan tashqari barcha subyektlar tomonidan imzolandi.
Tatariston prezidenti etib saylangan M. Shaymiyev voqealar rivojini o‘z qo‘liga olishga erishdi. Tatariston 1994-yilda federal hokimiyat bilan vakolatlarni taqsimlash to‘g‘risida shartnomani imzoladi. Checheniston markaz bilan har qanday shartnomalar tuzishni rad etish yo‘lidan bordi. 1996-yili Checheniston bilan federal markaz o‘rtasida boshlangan urush 2000-yilgacha davom etdi. Bu urush Ikkinchi jahon urushidan so‘ng SSSR hududida yuz bergan eng katta harbiy to‘qnashuv bo‘ldi. Urush Rossiyaga bir necha mlrd dollar zarar yetkazdi, ikki tomondan 120 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘ldi.
Nazorat: Jahon tarixi 11-sinf BSB ¹1, 1-variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali