Hindistonga eltuvchi dengiz yo‘lini portugaliyaliklar kashf etishdi. Portugaliyalik Vasko da Gama ekspeditsiyasi Ezgu Umid burnini aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. 1498-yili arab dengizchisi Ahmad ibn Majid ko‘magida ular Hindistonning Kalikut portiga yetib keldilar. Yevropada sotish uchun ko‘plab mollarni yuklagan ekspeditsiya 1499-yili Portugaliyaga yetib keldi. Qariyb ikki yil davom etgan sayohat nihoyatda og‘ir kechdi. Yo‘lda ekipaj a’zolarining uchdan ikki qismi halok bo‘ldi. Lekin Vasko da Gama ekspeditsiyasining muvaffaqiyati Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yevropa savdogarlari sharqqa qarab otlandilar. Portugaliyaliklar Hindiston bilan savdo qiluvchi arablarni bu yerdan siqib chiqarishdi. Lissabonga zirovarlar va shirinliklar olib kelgan savdogarlar 800 foizgacha foyda olardilar.
Nazorat: Jahon tarixi 9-sinf BSB ¹1, 1-variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali