1-topshiriq. Anglosakslarning davlat boshqaruvi haqida ma’lumot bering.

Anglosaks qirolliklari monarxiya davlatlari bo‘lsa-da, ammo ularda qirol hokimiyati zaif edi. Qirol zodagonlardan iborat “Donolar kengashi”ga qaram edi. Kengash qonunlarni tasdiqlardi va mamlakatning oliy sud organi hisoblanardi. Hatto kengash qirolni saylashi va uni taxtdan mahrum qilishi ham mumkin edi. Mamlakatda grafliklar tashkil etilib, ularni qirol vakili – sheriflar idora qilishar edi. Shu tariqa ingliz jamiyati asta-sekin feodal tus oladi. Unda yirik yer egalari – lordlar paydo bo‘ladi. Yangi tashkil etilgan qirolliklar doimo bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan. 829-yilda Uesseks hukmdori Ekbert oroldagi barcha qirolliklar aholisini yagona davlatga birlashtirib, o‘zini qirol deb e’lon qiladi. Shu tariqa IX asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, mamlakat umumiy nom bilan “Angliya” deb atala boshlandi.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Jahon tarixi 7-sinf BSB ¹1, 1-variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar