Bir qaraganda Tug‘luq Temurning bu yurishidan keyin Movarounnahrda chingiziylar xonadoni mavqeyi amalda tiklanganday bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida mahalliy yirik amirlar hanuz mustaqil siyosat yurgizishga intilardilar. Shuning uchun ham kelasi yili bahorda Tug‘luq Temurxon yana bir bor katta qo‘shin bilan Movarounnahrga bostirib keldi. Bu safar ham Amir Temur Kesh viloyati hokimligi mavqeyiga erishdi. Bunda Temurning barlos urug‘idan bo‘lishi qo‘l keldi. Chunki Chig‘atoyxon tomonidan barlos urug‘ining oqsoqoli, Temurning bobokaloni Qoracha Amir Temurning Kesh dorug‘asi etib tayinlanishi hojibga Kesh hokimligi berilgan bo‘lib, borabora bu qoidaga aylangan, Keshda barloslardan bo‘lgan amirlarning hokim bo‘lishi odat bo‘lib qolgan edi. Ammo Temurning Keshdagi dorug‘aligi uzoqqa cho‘zilmadi. Chunki Mo‘g‘ulistonga qaytish oldidan o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrga noib etib qoldirgan Tug‘luq Temurxon o‘zining ishonchli amirlaridan Bekchikni undan boxabar bo‘lib turishga tayinlagandi. Bekchik esa tez orada mahalliy amirlar bilan kelishmovchilikka bordi va ularga nisbatan tazyiq o‘tkazish yo‘liga o‘tib oldi.
Izoh: O‘qituvchi topshiriq savolidan kelib chiqqan holda aniq ma’lumot va faktlarga qarab baholaydi, hajm emas.
Nazorat: Ozbekiston tarixi 8-sinf BSB ¹2, 1-variant
Telegram
Organish.uz
Sor-soch.com
Test-uz.Ru
U erda biz BSB, CHSB, maktab imtihonlari, DTM variantlari va boshqalarning echimlarini nashr etamiz.
Imtihon Javoblari
BSB Javoblari
5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf
CHSB Javoblari
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali