Darslikda berilgan manbadan foydalangan holda Samarqanddagi sarbadorlar harakati to‘g‘risida ma’lumot bering.

Ilyosxo‘ja to‘g‘ri Samarqand tomon yo‘l oldi. Mo‘g‘ul xoni changalidan qutulish samarqandliklarning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qoldi. Bunday sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o‘z qo‘llariga oldilar. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xuroson janubi va Eronda ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo‘lib, 50–60-yillarda Movarounnahrga ham yoyildi. Xurosondagi singari Samarqandda ham hunarmandlar, do‘kondorlar, ayrim madrasa mudarrislari va talabalar mazkur harakatning faol ishtirokchilariga aylandilar. Shahar jome masjidiga yig‘ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo‘lajak rahbarlaridan biri madrasa mudarrisi Mavlonozoda so‘z olib, shaharning har bir a’zosidan katta miqdorda soliq va to‘lov yig‘ib, uni o‘z bilganicha sarf etib yurgan hukmdor shaharni o‘z holiga tashlab qo‘yganini uqtirib o‘tdi. Mudofaa rahbarligiga mohir mergan bo‘lgan Xurdak Buxoriy va hunarmandlar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy ham qo‘shildilar. Mudofaa tashkil etilganidan xabarsiz bo‘lgan mo‘g‘ullar shaharga kiraverishdagi bosh ko‘chadan hujum qildi. Xavf-xatardan shubhasi bo‘lmagan bosqinchilar bosh ko‘chadan kirib, qo‘shinning ilg‘ori ko‘cha oxiriga yaqinlashganda to‘satdan mudofaachilarning kamon o‘qlariga duch keldilar.
Izoh: O‘qituvchi topshiriq savolidan kelib chiqqan holda aniq ma’lumot va faktlarga qarab baholaydi, hajm emas.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Ozbekiston tarixi 8-sinf BSB ¹2, 2-variant

1 2 3 4 5


Telegram

TG kanal Organish.uz
TG kanal Sor-soch.com
TG kanal Test-uz.Ru

Telegram kanalimiz

U erda biz BSB, CHSB, maktab imtihonlari, DTM variantlari va boshqalarning echimlarini nashr etamiz.

Imtihon Javoblari

9 sinf
11 sinf

BSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

CHSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar