Nemis kompozitori Iogann Sebastyan Bax hayot davrida mashhur emasdi. Uning asarlari odamlarga o‘ta jiddiy tuyulardi, cherkov esa xudodan qo‘rqish ohanglarining yetarli emasligi uchun uning musiqalarini yoqtirmas edi. Hatto Baxning o‘g‘illari ham otasining ijodini umidsiz, eskirib qolgan deb hisoblashardi. Ularga meros bo‘lib qolgan Bax qo‘lyozmalarining ancha qismini yo‘qotib yuborishgan.
Baxning xor, solistlar va orkestr uchun yozilgan ulkan asari – “Mattoning uqubatlari” Iso Masihning shogirdi Matto hikoya qilib bergan Isoning uqubatlarini, his-hayajonini ifodalaydi.
Nazorat: Jahon tarixi 9-sinf BSB ¹2 (yangi) DEMO variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali