Xammurapi qonunlari haqida ma’lumot bering.

Xammurapi qonunlari qat’iyligi bilan kishini lol qoldiradi. Xususan, shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning qo‘llari kesib tashlanishi shart bo‘lgan. Mabodo binokor qurgan uy to‘satdan qulab, biror kishini bosib qolsa, binokor qatl etilishi lozim bo‘lgan. Yong‘in mahalida o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan kimsa o‘sha zahoti olovga tashlangan. Qulfbuzar o‘g‘ri esa bundan ham qattiqroq jazoga mahkum etilgan: u o‘zganing mulkiga tajovuz qilgan joyida o‘ldirilgan va o‘sha yerning o‘zida ko‘mib yuborilgan.
Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo‘lmasdan, ma’budlar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun ham ularni so‘zsiz, og‘ishmasdan bajarish talab qilinardi.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Tarix 6-sinf BSB ¹2 DEMO variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar