Dunyo ilm-fanida Abu Nasr Farobiy asarlarining tutgan o‘rni

Bilet ¹10, savol ¹3

Dunyo ilm-fanida Abu Nasr Farobiy asarlarining tutgan o‘rni

Javob

Farobiy (taxallusi; to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq) — O'rta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ'ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o‘zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgani uchun ,,al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor bo‘ldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (O'tror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. O‘sha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Bo‘lajak faylasuf boshlanghch bilimini 0‘trorda olgandan so‘ng, o’qishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagkdodga yo‘l oladi. Olim yo‘l-yo‘lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo'ladi. Bag‘dodda Yaqin va Ohla Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to'plangan edi. Bu yerda ko‘zga kokringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o’rgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870— 940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini o‘rgandi. Ba’zi tarixiy manbalarda keltiriIishicha, Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹10

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar