Persepol shoh saroyining o‘ziga xos qurilish uslublari
Bilet ¹11, savol ¹2
Persepol shoh saroyining o‘ziga xos qurilish uslublari
Doro I butun mamlakat uchun “darik” deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritadi. U qadimgi Fors podsholigi qarorgohi Persepol shahridan O‘rta Yer dengizHga qadar “shoh yo‘li” deb ataluvchi savdo yo‘lini qurdirgan edi. Doro I qo'shinlami qaytadan tuzdi, saltanatni satrapi- yalar deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o’lkalarga bo‘lib chiqdi. va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari bodgan. Persepol
shahrida Doro I va Kserksning turli xonalar va yuz ustunli zali bo’lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol saroyi devorlaridagi bo‘rtma naqshlarda ahamoniylar bo’ysundirgan ko‘pgina elatlar- ning tasvirlari saqlanib qolgan. Ular asosan Fors shohlariga o'lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan.
Qadimgi forslar mixxat belgi-yozuvidan foydalangan. Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga o'yib yozilgan. Ular yurishlar, qo‘zg‘olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqida ma’lumot beradi.
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹11
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali