Dunyo ilm-fanida Ahmad al-Farg‘oniy asarlarining tutgan o‘rni

Bilet ¹12, savol ¹3

Dunyo ilm-fanida Ahmad al-Farg‘oniy asarlarining tutgan o‘rni

Javob

Ahmad al-Farg"oniy (to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxminan— astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o’zbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risida juda oz, u ham bo‘lsa, uzuq-yuluq ma’lumotlar yetib kelgan. Ahmad al-Farg‘oniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiysiyosiy va madaniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan
kelgan ko‘plab mutafakkirlar muhim o‘ringa ega bo‘la boshlagan tarixiy davrda kechdi. Al- Farg‘oniy Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vorislari al-Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833- 842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hay’at (falakiyotshunoslikastronomiya), riyoziyot (matematika) va jugkrofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹12

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar