Nikolay Kopernikning hayoti va faoliyati
Bilet ¹16, savol ¹3
Nikolay Kopernikning hayoti va faoliyati
Nikolay Kopernik 1473-yilning 19-fevralida PolshaningToruni shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo" lib, bu shaharga Germaniyadan ko’chim kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to’rtinchi farzand bo‘lgan. o‘n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to’qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bodajak olim roppa rosa o‘n yoshga to’lgan vaqtda to’satdan qayg’uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o’lat epidemiyasi Torunga ham yetib keiib, Nikolay Kopernikning otasini ham o’zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keyingi taqdiri, lining o’qishi va tarbiyasi muammolari tog’asi. Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo‘lgan qiziqishlarini o’zining ilmiy faoliyatiga asos bodadigan darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o’zining eng dastlabki ilmiy astronomik kuzatishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyin Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to’lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o’rgatilgan Ptolomey ta'limoti faktlari bilan bunday nomuvofiqlik Nikolay Kopemikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko‘rishga undadi. 1498-yilning ilk oylarida Nikolay Kopernik sirtdan Fromborg kaputulining[lj kanonik martabasidagi ruhoniysi bo'lib qabul qilindi. Bir yil keyin akasi Anjey ham aynan shu kapitulning kanonik ruhoniysiga aylandi. Lekin, bunday martabalarga erishishning natijasi aka - ukalarning moddiy ahvoliga ijobiy ta'sir qilmadi, aksincha, 1499-yil oktyabriga keiib ular butunlay pulsiz qolishdi. Bolonyaga doimiy keiib turuvchi ko’plab boyvachcha xorijliklar va mahalliy amaldorlar bilan taqqoslaganda ularning moddiy ahvoli juda achinarli edi. Ularga shu vaqtlarda Polshadan Italiyaga kelgan kanonik Bernard Skuletti oz bo’lsada moddiy yordam berib turdi. 1500-yilda Nikolay Kopernik qisqa muddatda Polshaga qaytadi. Lekin u tezlik bilan yana Italiyaga yo‘l olib, Paduya universitetining tibbiyot bo‘limiga o’qishga kiradi. Bir vaqtning o’zida u Ferrara universitetida ilohiyot fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ladi. Nikolay Kopernik har tomonlama ma'lumotli va o'qimishli kishi sifatida vataniga qaytdi. Bu qaytish 1503 yilda sodir bo’ldi. Dastlab u Lidzbark shahrida, keyinroq esa Visla daryosining etagidagi kichik baliqchilik shaharchasi - Fromborkda qo’nim topib mahalliy cherkovda ruhoniy bo’lib ishlay boshladi.
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹16
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali