Marko Polo hayoti va faoliyati

Bilet ¹17, savol ¹3

Marko Polo hayoti va faoliyati

Javob

Marko Polo (italyancha: Marco Polo; 1254 yil 15 sentyabr, Venesiya - 1324 yil 8 yanvar, Venesiya) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. M. P. 1271—75 yillarda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo yarim orolning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bag'dod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, so'ngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) shaharlari va Gobi cho'lini kesib o'tib Qoraqurumga yetib borgan. M. P. Xitoyda 17 yil yashagan, Xubilayxon saroyida 1292-yilgacha uning xizmatida bo‘lgan. U mamlakatning turli viloyatlarini borib ko'rgan. M. P. Xonbaliq (Pekin) shahridan myanmaliklaming ilk davlati Paganning 11 —13-asrlardan poytaxti bo'lgan Pagan shahriga (mamlakat markazida) sayohat qilib, yana orqaga qaytgan. So'ngra Janubiy Xitoy dengizi, Bengaliya qo'ltig'i, Arabiston dengizi, Eron orqali 1295-yil vataniga qaytib borgan. Rustichano bilan birga "Marko Polo kitobi"ni (1298) yozib qoldirgan. Bu asar Kavkaz xalqlari, Eron, Xitoy, Mongoliya, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar geografiyasi, etnografiyasi va tarixi haqida muhim ma’lumotlar beradi; shuningdek, unda xalq udumlari, rivoyatlar, ertaklar ham bor. Boshqa Yevropa tillariga tarjima qilingan bu kitob 14-—16-asrlarda yashagan dengizchilar, yozuvchilar va haritashunoslar (jumladan X. Kolumb va L. Ariosto)ga ta’siri katta bo'lgan

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹17

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar