German imperatori Fridrix II ning faoliyati haqida ma’lumot bering
Bilet ¹18, savol ¹3
German imperatori Fridrix II ning faoliyati haqida ma’lumot bering
Fridrix II (1712.24.1, Berlin 1786.17.8, Potsdam) Prussiya kiroli (1740-yildan). Gogensollernlar sulolasidan. Qirol Fridrix Vilgelmning o'g'li. Yirik sarkarda. Yoshligida fransuz ma’rifatparvarlari ta’sirida bo'lgan. Ayni vaqtda pruss harbiybyurokratik militarizmining eng izchil vakillaridan. 1740-yil F.P Avstriyaga tegishli Sileziyaga bostirib kirib, bir necha bor urush qilgan. 1 Sileziya urushi (1740—42) va 2Sileziya urushi (1744—45) natijasida muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega bo'lgan bu o'lkani o'ziga tobe qilgan. 1756—63 yillardagi Yetti yillik urushda Avstriya va Fransiya qo'shinlariga bir necha marta zarba bergan. F. II o'zini san’atni qadrlovchi va homiysi qilib ko'rsatgan. Bir qator falsafiy va tarixiy asarlaming muallifi bo'lgan. Asarlarini, asosan, fransuz tilida yozgan. Absolyutizmni mustahkamlash yuzasidan F.P bir necha islohotlar o'tkazgan. F. II davrida Prussiya buyuk davlatlar qatoriga chiqqan, uning hududi 2 barobar ko'paygan. Ammo zulm va rasmiyatchilikka asoslangan bu davlat mustahkam bo'lmagan. F. II vafotidan so'ng ko'p o'tmay Prussiyaning Fransiya bilan olib borgan urushlarida bu ahvol ochiq namoyon bo'lgan.
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹18
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali