Lui Paster hayoti va faoliyati

Bilet ¹20, savol ¹3

Lui Paster hayoti va faoliyati

Javob

Louis Pasteur (talaffuzi: Lui Paster; 27-dekabr, 1822 - 28-sentabr, 1895) — fransuz kimyogari va mikrobiologi, hozirgi zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri. Parij Fanlar akademiyasi (1862) va Fransiya tibbiyot akademiyasi (1873), Fransiya akademiyasi (1886) akademik Strasburg universiteti (1849), Lili universiteti (1854), Oliy normal maktab (1857) va Parij universiteti (1867) professor 1888-yil Parijda xususiy mikrobiologiya ilmiy tadqiqot institutini (Paster instituti) tashkil qiladi va boshqaradi. P. spirtli (1860), sut kislotali va yog‘ kislotali (1861) bijg‘ishlar mikroblaming ferment ishlab chiqarish faoliyati sa-babli vujudga kelishini, kislorodsiz sharoitda yashaydigan mikroblar — ana-eroblar borligini isbotladi. P.ning vino hamda pivolarning achib qolishi va pilla qurti kasalliklari (1870) sabablarini aniklab, bu mikroblarga qarshi samarali chora-tadbirlami (pasterizatsiya usuli) ishlab chiqishi sanoat va oziq-ovqat mikrobiologiya -sining shakllanishiga asos bo'ldi. P. dunyoda birinchi bo'lib ilmiy izlanishlar natijasida parrandalar vabosi (1879), kuydirgi (1881) va quturish (1885) kasalliklariga qarshi vaksina tayyorlash usulini ishlab chikdi va kasallikning oldini olishda kuchsizlantirilgan kasallik qo‘zg'atuvchi bilan emlash mumkinligini tasdiqlab, immunizatsiya (immunlash)ga asos soldi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹20

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar