Bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
Bilet ¹23, savol ¹1
Bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
Bug' mashinasi — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bug'ining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bug' mashinasi loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 yillarda J. Uatt yaratgan. 19-asr oxirigacha sanoat va transportda yagona dvigatel bo'lgan. Bug' mashinasini rivojlantirish ishi fabrika va zavodlar, elektr stansiyalari, parovoz, kema va lokomobillar uchun, qishloq xo'jaligi va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar Bug' mashinasi yaratishga olib keladi. Bug' mashinasining tortish harakteristikasi yaxshi, ortiqcha bosim va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹23
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali