Volfgang Amadey Motsart hayoti va ijodi
Bilet ¹25, savol ¹3
Volfgang Amadey Motsart hayoti va ijodi
Wolfgang Amadeus Mozart (27-yanvar, 1756, Zalsburg — 5-dekabr, 1791, Vena) klassik eraning mashhur va ko‘p ta’sir ko‘rsatgan bastakori bo‘lgan. Uning 600 dan ortiq kompozitsiyalari orasida simfoniya, konserto, kamer, pianino, opera va xor uchun yozilgan asarlar bor. Mozartning ishlaridan boshqa ko‘pgina bastakorlar ilhomlanishgan va uning asarlari hamon orkestrlarning standart repertuarlaridan joy olgan.
Mozart — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, o‘qituvchi va kompozitor. Leopold Mozartning o‘g‘li va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy iste’dod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va
kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijpd etgan, 6 yoshdan butun Yevropa bo’ylab gastrolda bolgan. 1770-yildan Bolonya Filarmoniya akademiyasi a’zosi. Zalsburg knyazarxiyepiskop saroyida konsertmeyster (1769—77) va organchi (1779—81), Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787-yildan).
Ma’rifatchilik davri g‘oyalari ta’siri ostida kamol topgan Mozartning ijodi 18-asrning badiiy cho‘qqilaridan biri. Mozart uslubida klassik tizimga xos ratsionalizm mezonlari bilan birga sentimentalizm xususiyatlari o‘zaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-badiiy obrazlar dunyosida jo’shqinlik va chuqur ehtiros, iroda va matonat, ayni paytda nafislik va mayinlik xususiyatlari keng o‘rin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuyg’ularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda topgan.
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹25
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali