Salib yurishlari haqida ma’lumot bering
Bilet ¹26, savol ¹1
Salib yurishlari haqida ma’lumot bering
Salib yurishlari -G'arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharqdagi bosqinchilik va ta- lonchilik urushlari edi Bu yurishlar 1096 1270-yillar oralig'ida bo'lib o'tgan. Sharqdagi yerlami egallash orqali cherkov o'zining ta’sirini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.Sharqda XI asr oxirida vujudga kelgan vaziyat salib yurishlari uchun qulay sharoit tug'dirgan. Kichik Osiyo yarimoroli deyarli to'liq saljuqiy turklar qo'lida edi Bu yerdan G'arb mamlakatlari ziyoratchilari Falastinning muqaddas joylariga, rivoyatlarga ko'ra, Iso paygambar dafn etilgan Quddusga boradigan yo'llar o'tardi. Quddus esa deyarli besh asrdan buyon musulmonlar qo'lida edi. Mahalliy hukmdorlar va aholining ziyoratchilarga munosabati yomon bo'lmasa- da, XI asr oxiridan boshlangan musulmon hukmdorlarining o'zaro urushlari xristianlar ziyoratlarini tobora xavfli tadbirga aylantira borgan.Vizantiya imperatori Rim papasi bilan kelishmasa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashish uchun jangchilar vuborishini so'rab, G’arbga murojaat qiladi. Papa Urban II 1095-yilda Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig'iniga to'plangan minglab mhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq so'zlaydi U Quddusdagi «payg'ambar qabrini» musulmonlardan ozod etishga chaqiradi Papa yurishda ishtirok ctganlarga ulaming gunohlari kechirilishini, halok bo'lganlar ruhining jannatga - «arshi-a’loga» tushishini va'da qiladi. Urban 11 «muqaddas yer»ning boyiiklari va hosildor ekanligini ham eslatib o'tadi. Falastinda «sut va asal daryo bo'lib oqishi, Quddus yeming kindigi, jannatmakon hosildor ycrli o'lka» ekanligini ta’kidlaydi. Bu solzlami xaloyiq «Xudoning irodasi shu!», «Xudoning xohishi shu!» kabi hayqiriqlar bilan qarshilaydilar Ular matodan «but», ya’ni «salib»ning aksini qirqib. o'z kiyimlariga tika boshlaydilar Ayni shu sababli yurish qatnashchilari «salibchilar», yurishlaming o'zi esa «salib yurishlari» nomini oladi. Dchqonlar salib yurishlarida qatnashish orqali o'zlarining og'ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishishga umid qilganlar. Salibchilarning ko'pehiligini, asosan, ritsarlar tashkil etib, aksari boy bo'lmagan xonadonlardan edilar Oilaning kichik o'g'i 1 lari, mayorat tizimi bo'lganidan. ya’ni meros katta o'g'ilga qoldirilgani sababli, ota-onalari merosining katta qismiga umid qilmasalar ham bo'lardi. Bu holatdagi ritsarlar o'zlariga shon- shuhrat va boylik istab yo'l ga chiqqanlar. Gcrsoglar, graflar va hatto ayrim qirollar hamda imperatorlar ham Sharqqa jo'naydilar. Ular o'zlariga yangi hu dudlar va luqarolami bo'ysundirishni maqsad qilganlar Qo’shin bilan savdogarlar ham yo'lga chiqib, ular Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni orzu qilganlar Albatta, salib yurishi ishtirokchilari faqat foydani o'ylagan desa xato bo'ladi Moddiy manfaat ularda «payg'ambar qabri»ni musulmonlardan xalos etish muqaddas ish ekanligiga ishonch bilan mujassamlashgan. Birinchi salib yurishlariga Fransiya, Italiya va Germaniyaning turli
viloyatlaridan kelgan ritsarlar to’plangan. Ular yaxshi qurollangan, zarur ozuqa va pul bilan ta’minlangan edilar Vizantiya poytaxti Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to'plana boshlagan ritsarlarga imperator Aleksey 1 vassallik qasamyodini qabul qildirgan Ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyo siy qaram bo'lishi lozim edi.Yurishlar Suriya bilan Falastinda salibchilaming o'z davlatlarini tuzishi bilan yakunlanadi Ulaming ichida Quddus qirolligi salibchilaming asosiy davlati edi Salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida 10 ming musulmonni o'ldiradilar Yahudiylar o'z sinagogasi (ibodatxona)da yondirib yuboriladi
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹26
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali