Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi

Bilet ¹29, savol ¹1

Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi

Javob

Buyuk fransuz inqilobi — Fransiya tarixida mustabid tuzumga barham bergan va yangi ijtimoiy taraqqiyotga yo‘l ochgan inqilob (1789—99). Qirol Lyudovik XVI 1789-yil 5-mayda Bosh shtatlar (parlament) majlisini chaqirdi. 3toifa deputatlari 17-iyunda owzlarini Milliy majlis, 9-iyulda esa Ta’sis majlisi deb e’lon etdilar. Majlisni tarqatib yuborish maqsadida qilingan urinishlar xalq qo‘zg‘oloniga sabab bokldi. 14-iyulda Bastiliya turmasiga hujum boshlandi. Bu Buyuk fransuz inqilobining boshlanishi edi. Avgust oyida Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi. Parij Kommunasi boshchiligidagi 1792-yil 10-avgust qo‘zg‘oloni natijasida monarxiya tuzumi ag'darildi. Siyosiy rahbarlik yirik savdo-sanoat mulkdorlar vakillari —jirondistlar qo‘liga o‘tdi. Inqilobni chuqurlashtirish tarafdori bo‘lgan yakobinchilar jirondistlargaqarshi chiqdi. 1793-yil yanvarda Konvent (oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ) hukmi bilan qirol Lyudovik XVI davlatga xoinlik qilishda ayblanib, qatl etildi. 1793-yil 31-may — 2-iyun qo‘zg‘oloni oqibatida yakobinchilar diktaturasi o‘rnatildi. Yakobinchilar hukumati xalqni safarbar etib, uning Fransiyaga bostirib kirgan Yevropa
monarxiyachi davlatlar (Prussiya, Avstriya va boshqalar) qo'shini ustidan g'alabasini ta’minladi. Biroq yakobinchilar avj oldirgan ommaviy terror ularning ijtimoiy bazasini toraytirib yubordi va mag'lubiyatga olib keldi. 1794-yil tennidor (Fransiya Respublikasi ta’sis etgan kalendar bo'yicha 1 loy) to‘ntarishi yakobinchilar diktaturasiga chek qo’ydi. Hokimiyat yirik mulkdorlar qo'lida jamlandi. Direktoriya (1795-yil apreldan 1798-yilda MISRGA qilinsa yurish Napoleonni siyosiy hokimiyatini egallash chorladi.) 1799-yil 10-noyabrgacha Fransiya hukumati) o‘z tuzumini o'matdi. 1799-yil 18 bryumer kuni uyushtirilgan davlat to'ntarishi fransuz inqiobiga barham FRANSIYADAGlburjua inqilobi nihoyasiga yetdi.Bu inqilob butun dunyo tarixi uchun ham ma’lum ma’noda burilish nuqtasi bo“Idi. U olg‘a surgan «OZODLIK, TENGLIK, BIRODARLIK!» g'o'’oyalari butun dunyo xalqlarining keyingi rivojiga arzigulik ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, inqilob tarixi ko'plab xalqlar uchun katta saboq ham bo‘ldi. Uning ayovsiz qorinlari, barcha muammolarni hal etishning vositasi sifatida terrorning qo‘llanilishi kabilar ham inqilobi keltirgan dahshatli reallik bo'ldi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹29

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar