Hayvonlarning qon aylanish organlari evolyutsiyasini tushuntirib bering

Bilet ¹2, savol ¹1

Hayvonlarning qon aylanish organlari evolyutsiyasini tushuntirib bering

Javob

Umurtqasiz hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion o‘zgarishlar. Tuban umurtqasiz hayvonlar (g‘ovaktanlilar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar)da qon aylanish sistemasi yo‘q.. Qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lgan.. Boshoyoqli molluskalarda yurak bitta qorincha va ikki yoki to‘rtta bo‘lmachadan iborat.
Bo‘g‘imoyoqlilarda ham qon aylanish sistemasi ochiq. Qisqichbaqasimonlarda yurak besh qirrali bo‘lib, boshko‘krakning orqa tomonida joylashgan. O‘rgimchaksimonlarning yuragi qorin bo‘limining orqa tomonida joylashgan. Hasharotlarda qon aylanish sistemasi uzun nayga o‘xshash: ko ‘p kamerali yurak va kalta aorta tomiridan tuzilgan bo‘lib, kislorod tashishda ishtirok etmaydi. Shu sababli qonida eritrotsitlar va qonning shaklli elementlari bo‘lmaydi. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion o‘zgarishlar. Xordali hayvonlarda qon aylanish sistemasining filogenezi yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘qima va a’zolarning kislorod hamda oziq moddalar bilan to‘liq ta’minlanishi moddalar almashinishining jadallashishiga va energiyaning ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani tezlashtiradi. energiyaning ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani tezlashtiradi.
Boshskeletsizlarda qon aylanish sistemasi sodda, yuragi bo‘lmaydi. Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹2

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar