Biogeokimyoviy sikl. Azotning davriy aylanishi haqida maʼlumot bering.

Bilet ¹3, savol ¹1

Biogeokimyoviy sikl. Azotning davriy aylanishi haqida maʼlumot bering.

Javob

Biogeokimyoviy sikl. bu biosferada kimyoviy elementlar va anorganik moddalarning tashqi muhitdan organizmlarga, organizmlardan esa yana tashqi muhitga chiqarilishi orqali aylanishidir. Biogen elementlarning aylanish tezligi ularning organizmlar hayot faoliyatidagi funksiyasi va Yer qobig‘idagi miqdoriga bog‘liq. Masalan, uglerod atmosferada karbonat angidrid holida uchraydi, uni aylanish davri 300 yil, atmosferadagi kislorodning to‘liq aylanishi 2000 yil va suvning biogeokimyoviy sikli 2 mln yilga teng.
Biogen elementlarning xususiy davriy aylanishi biosferadagi moddalarning umumiy global aylanishiga qo‘shilib ketadi. Organik birikmalar ba’zan davriy aylanishdan chiqariladi va uzoq vaqt biogen moddalar shaklida (ohaktosh, ko‘mir, neft, torf davriy aylanishda qatnashmaydi. Uglerodning aylanishi. Uglerod barcha organik birikmalar hamda atmosferadagi karbonat angidrid gazi tarkibiga kiruvchi muhim biogen elementdir. Fotosintez jarayoni uglerodning anorganik moddalardan organik moddalarga tabiiy holda o‘tishidir. Uglerodning bir qismi tirik ogranizmlar tomonidan nafas olish jarayonida va mikroorganizmlar tomonidan organik moddalarni parchalanishi natijasida karbonat angidrid shaklida atmosferaga qaytariladi. Fotosintez jarayonida o‘simliklar o‘zlashtirgan uglerod organik birikma shaklida hayvonlar tomonidan iste ’mol qilinadi. Undan tashqari, korallpoliplari, molluskalar uglerod birikmalaridan o‘z skeleti va chig‘anoqlarini hosil qilishda foydalanadi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹3

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar