Otlar yungining kulrang belgisi ikki xil allel boʻlmagan dominant gen ishtirokida rivojlanadi. Ularda B qora, b malla rangni ifodalaydi. Boshqa xromosomada joylashgan I gen; B va b genlar funksiyasini susaytiradi va otlar rangi kulrang boʻlib qoladi. Gomozigota kulrang biya bilan malla yungli aygʻir chatishtirilgan. F1 da kulrang otlar olingan. Ular oʻzaro chatishtirilganda F2 12 ta kulrang 3 ta qora va bitta malla yungli otlar olingan. Chatishtirishda ishtirok etgan biya va aygʻirning, F1 va F2 duragay otlarning genotipini aniqlang.