Zamonaviy ekologiyaning qanday boʻlimlari mavjud?
Bilet ¹28, savol ¹1
Zamonaviy ekologiyaning qanday boʻlimlari mavjud?
XX asrning 70-yillaridan boshlab insonning tabiatga ta’siri kuchayishi tufayli ekologik muammolar muhim ahamiyat kasb eta boshladi, «ekologiya» atamasi ham nisbatan kengroq ma’noda qo‘llanila boshlandi.Ekologiya bo‘limlari. Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya (populatsiyalar ekologiyasi), sinekologiya – (jamoalar ekologiyasi), biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi),evolutsion ekologiya, tarixiy ekologiya. Autekologiya organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi. Demekologiya – populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar sonining o‘zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi bo‘lim. Demekologiya doirasida populatsiyalarning shakllanish shart-sharoitlari o‘rganiladi. Demekologiya tashqi muhit ta’siri ostida individlar sonining o‘zgarish sabablarini o‘rganadi. Sinekologiya – har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Bunda ayrim hududlarda yashaydigan mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining xilmaxilligi, tar qalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o‘rganiladi.Biogeotsenologiya – biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganadi. Evolutsion ekologiya – sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan
birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma’lumotlardan va hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanib qa dimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalash (qayta yaratish)ga harakat qiladi.Tarixiy ekologiya – insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o‘zgarishlarni o‘rganadi.Bundan tashqari, bu fanning sayyoramiz tabiatidagi alohida zonalarni
o‘rganuvchi bo‘limlari bor. Masalan, o‘rmon ekologiyasi, cho‘l ekologiyasi, botqoq ekologiyasi, ko‘l ekologiyasi va hokazo.
Fan:
Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹28
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali