Besh muhim tashabbusni joriy etilishi

Bilet ¹2, savol ¹1

Besh muhim tashabbusni joriy etilishi

Javob

Barchaga ma’lumki, 2019-yil bahorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar tarbiyasi va bilim olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan beshta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.
Birinchisi, yoshlarning musiqa, san’at, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishi ortib, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Ikkinchidan, yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularning sportda o‘z qobiliyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratish.
Uchinchisi, aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishini tashkil etish.
To‘rtinchidan – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish ishlarini tizimli tashkil etish.
Beshinchidan, ayollar bandligini ta’minlash.
Har bir tashabbus bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirish 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan.
Birinchi tashabbus dasturi loyihasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish ko‘zda tutilgan. Bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, vokal ijrochilik va tasviriy san’at to‘garaklari, havaskor teatr jamoalari va bolalar ansambllarini ochish rejalashtirilgan. Quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki kapital ta’mirlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati shakllantirildi.
Shavkat Mirziyoyev dastur loyihasida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari aniq belgilanmagani, har bir shahar va viloyatga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan taniqli ijodkorlarning vazifalari belgilanmaganini taʼkidladi.

Ikkinchi tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasida yaqin ikki yilda har bir tumanda yengil konstruksiyalar va sendvich-panellardan foydalangan holda kichik sport zallari qurish ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz aholi va yoshlarni mavjud va qurilayotgan sport zallariga yanada kengroq jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini ko‘proq o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Uchinchi tashabbus boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasida bepul oʻqiydigan raqamli oʻquv markazlarini ochish taklif qilingan. 19 mingga yaqin ijtimoiy obyekt yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi. Davlat rahbari aholining kompyuter savodxonligini oshirish, IT sohasiga qiziquvchi bolalarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasida har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy va ilmiy kitoblar yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Tadbirkorlar tashabbusi bilan axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ommaviy kutubxonalar ochish rejalashtirilgan.
Beshinchi tashabbus bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasida har bir tumanda tikuvchilik va trikotaj korxonalari ochish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: O‘zbekiston tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹2

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar