1) ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish jinoyatining sodir etilish motivi jinoyatni kvalifkatsiya qilishda ahamiyatga ega emas;
2) saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish jinoyati obyekti – insonning saylash yoki saylanish, saylovoldi tashviqotini olib borish, referendumni o‘tkazishda ishtirok etish, nomzod shaxs ishonchli vakillarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish huquqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir;
3) mehnat qilish huquqini buzish jinoyatining subyekti ishga qabul qilish yoki ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin.