1) talon-taroj qilish – bu birovning mulkini o‘zining yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun, mulkdorga yoki ushbu mulkning boshqa egasiga zarar keltirib, qonunga zid va haq to‘lamay undirishdir;
2) bosqinchilikning o‘ta ijtimoiy xavfliligi avvalo shu bilan bog‘liqki, bu jinoyat sodir etilganida jabrlanuvchilarning hayoti yoki sog‘lig‘iga ham ziyon yetkaziladi yoxud bunday ziyon yetkazilishi uchun real xavf vujudga keladi va o‘zganing mol-mulki egallab olinadi;
3) o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish yoki o‘g‘rilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng tarqalgan jinoyatlardan biridir.