Bilet ¹15, savol ¹3
G. Galiley ham italiyalik (1564-1642) buyuk astronom edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi asbob teleskopni yaratdi va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yev-ropaning birinchi olimi edi Uning tad-qiqot ishlari Kopernikning ta'limotini tasdiqladi. Bundan tashqari, G. Galiley Oyda ham Yerdagi kabi tog'lar borligini va hatto Quyoshda dog'lar mavjudligini qayd etdi. G. Galiley o'z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar ro'yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini qoraladi. Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi. Tergov uning tinka-madorini quritdi. Oxir-oqibatda, inkvizitsiya uni o'z g' oyalaridan voz kechishga majbur etdi. 1992-yilda Rim Papasi Ioann Pavel II (marhum) G. Galileyga nisbatan inkvizitsiya sudi qarori bekor qilinganligi va G. Galileyning oqlanganligini e'lon qildi. Ayni paytda u inkvizitsiyaning buyuk olimga nisbatan o'tkazgan zulmi uchun kechirim so'radi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 10 sinf
Bilet: ¹15
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali