AQSh ning tashkil topishi

Bilet ¹16, savol ¹1

Javob

Amerika Qo'shma Shtatlari — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig'i, qurolli kuchlar bosh qo'mondoni — prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yo'li bilan (saylovchilar hay 'ati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2-yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi — Amerika Qo' shma Shtatlari hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat bo'ladi. Hukumat kongress oldida mas 'ul emas. Har bir shtatning o'z konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga 27
oshiradi. Amerika Qo'shma Shtatlari davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiyhuquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar — hokimiyatning bo'linishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo'linish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmog'i qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o'rtasida vazifalarning chegaralab qo'yilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq Kongress, Prezident va Oliy suddir.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 10 sinf
Bilet: ¹16

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar