Mir arab madrasasi

Bilet ¹18, savol ¹2

Javob

Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh bo'lib, amir 22 Yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. Turkistonning Sabron (Savron)ida 2 koriz (yer osti arig'i) qazdirgan, suv chiqargan, qal’a bino etib, Shofirkon, Vobkent, G'ijduvonda ko'p joylarni obod qilgan (Shofirkonda Mir Arab qal 'asi saqlangan).
U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan, Madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmagan, 1536 yil boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga ko'ra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan.
Xattot Mirali Fathobodiy-Buxoriy ushbu forsiy qitani Madrasa darvozasiga yozgan: "Mir Arab faxri Ajam onki kard — Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab”. Madrasa O' zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida bo'lib, sho'rolar davrida diniy o'quv yurti faoliyati vaqtincha to'xtatilgan, 1945 yilda yana tiklangan. O'quv muddati 4 yil O'quv yurti kunduzgi bo'limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan o'rta va to'liqsiz o'rta ma'lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumta'lim fanlari o'qitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham o'rgatiladi. Darslar o'zbek va arab tillarida Olib boriladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 10 sinf
Bilet: ¹18

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar