Jakeriya qo‘zg‘oloni

Bilet ¹23, savol ¹1

Javob

Fransiyani yagona davlatga birlashtirishni tugallash oson vazifaemas edi. Chunki biriashtirish siyosati nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to'siqlarga ham uchragan. Eng katta tashqi to'siq Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo'l ostida edi. U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo'llab-quvvatlangan Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328 - 1350) (qizining o'g'li)ning nabirasi bo'la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya - Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o'rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Ulushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos. Filipp VI vafotidan so'ng Eduard III Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo'lgan avlod qirollik taxtiga o'tira olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush boshlashga bahona bo'ldi. Urushning boshlanishi. Urush 1337- yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi. Flandriya urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 10 sinf
Bilet: ¹23

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar