Ichanqal’a me’moriy yodgorligi

Bilet ¹24, savol ¹2

Javob

_ O'rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlik. Xivaning ichki qal' a (Shahriston) qismi. Ichan qal 'a shaharning Dishan qal 'a (tashqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qal 'a)dan baland qo'rg'ontepaga o'xshab ko'rinadi. Ichan qal 'aga 4 darvoza (Bog'cha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan Xorazm xalq me'morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qal 'ada. Undagi me'moriy yodgorliklarning yara-tilish tarixi, asosan, 4 davrga taal-luqli* birinchisi Xorazmning qad. davridan to mo'g'ullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Ko'qna arkning g'arbiy devori, qal'a devorining shim.sharqiy burchagidagi qad. davrga mansub burj va qal'a devori qoddiqlari saklanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220 yildagi mo'g'ullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va b. mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri 16—17-asrlarga to'g'ri keladi. Shu paytda (Abulg'ozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan qal 'ada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xo'jamberdibek madra-sasi (1688) kabilar bunyod etildi, Ko'hna ark istehkomlari mustaqkamlandi, ko'rinishxona (xonning qabulxona-si) qurildi (1686—88). Buxoro bilan Eron o'rtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (18-asrning 1 -yarmi) Ichan qal 'a va, umuman, Xiva sh. qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat bo'lib turdi).

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 10 sinf
Bilet: ¹24

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar