Bilet ¹26, savol ¹3
Nikolay Kopernik (1473- 1543) o'z davri uchun har tomonlama chuqur bilim oldi. Krakov (Polsha) va Italiya universitetlarida o'qidi. Tasviriy san'at, matematika, falsafa, huquqshunoslik va tibbiyot kabi fanlarni o'rgandi. Maxsus moslamalar yorda-mida 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatdi. N. Kopernik o'z tadqiqotlariga suyanib, ming yillardan beri davom etib kelayotgan Yerning harakatsizligi haqidagi ta'limotdan voz kechdi. Yerning Quyosh va o'z o'qi atrofida aylanishini isbotlab berdi. Bu xulosa 0' sha davr fanidagi haqiqiy buyuk kashfiyot edi. Ayni paytda u cherkov aqidalariga mutlaqo zid xulosa ham edi.U 0' z xulosalarini 1543 -yilda Chop etilgan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli kitobida bayon etdi. N. Kopernikning xulosalari cherkovni g'azablantirdi. Kitob Chop etilgan davrda u o'lim to'shagida yotardi. Faqat o'limgina uni inkvizitsiyadan asrab qoldi. Keyinchalik, cherkov Kopernik ta'limotini rasman taqiqladi
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 10 sinf
Bilet: ¹26
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali