Buxoro xonligini tashkil topishi

Bilet №30, savol №1

Javob

Shayboniylar urf-odatiga ko'ra, vafottopishi etgan xon o'rniga taxtga yoshi katta shayboniy o'tqazilgan. Shuning uchun ham Muhammad Shayboniyxonning o 'limidan so'ng taxtga bevosita uning avlodlari emas, amakisi Ko' chkunchi Sulton o'tqazilgan. XVI asrning 40- yillaridan so'ng bu urf-odatga rioya etilmay qo'yilgan. Ko'chkunchixondan so'ng esa taxtga uning o' g'li Abu Said (1530 -1533) o'tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o'g'li Ubaydullaxon (1533 -1540) qo'liga o'tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko' chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning otasi)ga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo' Idi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 10 sinf
Bilet: №30

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar