Bilet ¹25, savol ¹1
SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari. Oldingi ilovalarda sonli kattaliklarni kiritish uchun Edit obyektidan foydalangan edik. Undan foydalanganimizda kiritilgan kattalikni matn satri turidan butun son turiga o„tkazishga to„g„ri kelgan edi. Agar unga sonni kiritishda xatoga yo„l qo„yilsa, masalan, 3 o„rniga uch ni kiritsak, ilova o„z ishini to„xtatib, xato to„g„risida xabar chiqaradi.
SpinEdit (sonni kiritish maydonchasi) obyekti butun sonlarni kiritish uchun mo„ljallangan. Unda avvaldan belgilab qo„yilgan oraliqdagi butun sonni kiritish imkoniyati mavjud. Bu ilovalar uchun juda qulay. Yuqoridagi rasmda bu obyektlardan ikkitasi yashil hoshiyaga olingan.
SpinEdit obyekti obyektlar panelining Samples (Namunalar) jildida joylashgan. Bu jild ekranda ko„rinmaydi. Uni ko„rish uchun jildlar ro„yxati oxiridagi uchburchak ko„rinishidagi tugmalardan ikkinchisini bir necha marta bosish kerak
Fan:
Informatika fanidan imtixon savollariga javoblar 10 sinf
Bilet: ¹25
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali