Bobil podsholigi

Bilet ¹3, savol ¹1

Javob

Miloddan avvalgi Il-ming yillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o‘ringa ega bo‘lib, Frot va Dajla daryolarining o‘zanlari bir-biriga yaqinlashib ketadigan hududda joylashgandi. Kemalarda turli mahsulotlar bilan suzib kelgan savdogarlar bu shaharga qo‘nib o‘tishar. «Bobil» so‘zining o‘zi esa «xudolar darvozasi» degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodat xonalar bo‘lgan. Bobilning bosh ko‘chasi g‘alaba ilohasi Ishtar darvozasidan boshlangan. Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiq rivojlangan. Ammo o‘zaro urushlar ham bo‘lib turgan.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹3

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar