Bilet ¹6, savol ¹1
Mil. avv. 323-yil Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U barpo etgan davlat
uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketdi. Bu davlatlar Alek sandr ning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarildi. Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan keyin, mil. avv. 312-yilda kichik Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi. Salavka davlatining tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfi ya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona kirar edi.
Salavk o‘z davlati tarkibiga kirgan O‘rta O siyoni alohida viloyatlar - satrapliklarga ajratdi. Ularning har biriga boshliq sat rap hu kmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateglar shug‘ullanar edi. Salavk o‘z o’g’li Antioxni Sharqiy viloyatlar - Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So’g’diyonaga noib etib tayinladi. Antiox ulkan davlat boshida turib, uni 20 yilga yaqin boshqardi.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹6
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali