Mezolit davri haqida ma’lumot bering

Bilet ¹9, savol ¹2

Javob

Mezolit davri (o‘rta tosh davri) miloddan avvalgi 12 - 7-ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga
yetdi. Bu voqea iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushining o‘zgarishiga olib keldi. Mezolit davrida inson o‘q-yoy yasashni o‘rganib oldi. O‘q-yoy kashf etilishi bilan odamlarda chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati vujudga keldi. Mezolit davri oxirida inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi. Ovchilar itni qo‘lga o‘rgatdilar. Itlar bilan birga ov qilinganda o‘lja oldingisiga qaraganda mo‘l-ko‘l bo‘ldi. Tiriklayin tutib olingan hayvonlar (qo‘zichoqlar, uloqchalar, to‘ng‘izchalar)ni endi odam lar o‘ldirmasdan, yegulik zaxirasi sifatida saqlab qo‘yadigan bo‘ldilar. Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo‘jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi.
Bugungi kunda O‘rta Osiyoda mezolit davriga oid yuzdan ziyod manzilgohlar ochilgan. Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida, Toshkent vohasida hamda O‘zbekistonning janubida bunday manzil- gohlar ko‘plab uchraydi. Obishir, Qo‘shilish va Machay manzilgohlari, shuningdek, Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari ancha mufassal o‘rganilgan.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹9

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar