Bilet ¹10, savol ¹1
Afi na shahrida markaziy maydon bo‘lib, uning tevaragini turli-tuman imo-
ratlar qurshab turgan. Maydon esa agora deb yuritilgan. U xalq yig‘ini maydoni bo‘lgan. Shahar aholisining ko‘pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan. Afi na shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o‘z fi kr-mulohazalarini bayon eta olar edilar. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qo- nunlarni muhokama qilish uchun har oyda to‘rt marta agorada yig‘ilardilar. Barcha qarorlar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokratiya deb ataladi, ya’ni bu atama «xalq hokimiya- ti» degan ma’noni anglatadi («demos» - xalq + «kratos» - hokimiyat).
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹10
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali