Yunon-Baqtriya davlati

Bilet ¹13, savol ¹1

Javob

Mil. avv. 250-yilda Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, mingta Baqtriya shahri hukmdori bo‘lmish Diodot o‘zini podsho deb e’lon qiladi. Shu voqeadan boshlab Yunon-Baqtriya davlati tarixi
boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfi ya Baqtriyaning
raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi
tarkibiga So‘g‘diyona va Marg‘iyona ham kirgan. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o‘tadi. Yevtidemning o‘g‘li Demetriy hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya
podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo‘ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo‘shib olindi. Parfi yada hokimiyat Mitridat I qo‘liga o‘tishi
bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo‘ladiki, bu hol uning kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan ko‘chmanchiyuechji qabilalari mil. avv. 140 -130-yillar oralig‘ida Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹13

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar