Davan davlati haqida ma’lumot bering

Bilet ¹14, savol ¹1

Javob

Davan davlati (Xitoy manbalarida bu o‘lka shu nom bilan tilga olinadi) taxminan, mil. avv. III asrda paydo bo‘lib, Farg‘ona vodiysida joylashgan. Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi
bo‘ldilar, biroq ularning harakatlari behuda ketdi. Harbiy yurishlarning
birida ular Davan davlatining poytaxti Ershini qo‘lga kiritdilar, biroq aholisining tovon to‘lashi evaziga uni tashlab chiqishgan. Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdoda
muhim o‘rin tutgan. Xitoy hukmdorlarini ko‘proq Farg‘onaning zotli otlari qiziqtirardi. Otlar naslining biriga hatto ular «Samoviy» deb nom berganlar. «Samoviy otlar» baquvvat va chopqir bo‘lgan. Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Ko‘p sonli aholiga, yaxshi qurollangan va mashq
ko‘rgan qurolli kuchlariga ega bo‘lgan Davan mil. avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. Davan davlatining Sho‘rabashat, Uchqo‘rg‘on singari shaharlari atrofi dagi aholi yerni ishlash, sholi va bug‘doy yetishtirish, bog‘dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan. Olimlarning aniqlashicha, milodiy III asrda Davan davlati barham topgan.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹14

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar